Qarz daftari
Nasiya, toʻlovlar va avans mijoz sahifasida.
Xoʻjalik va qurilish
Mixni kilolab, kabelni metrlab, sementni qoplab sotasiz. Ustaga ulgurji narx, A4 da «Tovar cheki» va qarz daftari: hammasi kassada.
Sensorli monoblokdagi kassa: ulgurji narxlar yoqilgan, savatda «Anvar usta (brigada)» uchun sement, mix va shpaklyovka; yonida shu sotuvning A4 «Tovar cheki».
Namuna doʻkon · Usta qurilish mollari
Vaziyatlar
Xoʻjalik va qurilish doʻkonlari egalari bizga aytgan gaplar va kassa ularga qanday javob beradi.
Nasiyaga sotsangiz, qarz ustaning sahifasiga oʻzi yoziladi. Chekda eski va yangi qarz chiqadi: keyin tortishuv boʻlmaydi.
Qarz daftariKodi yoʻq tovarga «Yaratish» bilan doʻkon kodini berasiz va 40×30 narx yorligʻini chiqarasiz: kassada u skanerlanadi.
OmborTannarx va narxni dollarda yozasiz. Bugungi kursni kiritsangiz, soʻmdagi narxlar oʻzi yangilanadi va siz tanlagan qadamgacha yaxlitlanadi.
Dollar narxlarChegirmani yetkazib beruvchiga bir marta yozasiz: kirimda u har qatordan oʻzi ayriladi va tannarxga ikki marta tushmaydi.
Yetkazib beruvchilarImkoniyatlar
Har tovar oʻz birligida: qoldiq ham, narx ham, yorliq ham shu oʻlchovda.
Mix 2,5 kg, kabel 12,5 m: miqdorni yozasiz yoki 0,25 dan 2 kg gacha tayyor tugmani bosasiz.
Sementni qopda ham, kilolab ham sotasiz: qop bosilsa 50 kg, 7 yozilsa 7 kg ayriladi.
Mijoz summani aytsa, dastur qancha tortishni koʻrsatadi; qator aynan shu summada boʻladi.
Har tovarda chakana va ulgurji narx. Ulgurji mijozni tanlasangiz, kassa ulgurji narxga oʻzi oʻtadi.
Ustaga 1C dagidek hujjat: summa soʻz bilan, imzo joylari, eski va yangi qarz.
Korxona bank orqali toʻlasa, alohida toʻlov turi; kerak boʻlsa ustama foizi bilan.
Kimga qancha qarzingiz borligi va qaysi kirim toʻlanmagani koʻrinib turadi.
Kassir tannarxdan arzon yoki ruxsat etilganidan katta chegirma bilan sota olmaydi.
Kodi yoʻq tovarga kod yaratib, 40×30 narx yorligʻini chiqarasiz.
Ulgurji savdo
Brigadaga alohida narx, qisman toʻlov va qarz, 1C dagidek hujjat: hammasi bitta sotuvda.
A4 «Tovar cheki»: xaridor Anvar usta (brigada), sement, mix va shpaklyovka ulgurji narxda, jami 719 500 soʻm, toʻlandi 359 000 soʻm, yangi qarz 360 500 soʻm, summa soʻz bilan va imzo joylari.
Mijozga «Ulgurji mijoz» belgisini qoʻyasiz: uni tanlasangiz, savatdagi narxlar ulgurjiga oʻtadi.
Doimiy mijoz oxirgi marta qanday narxda olgani kassada chiqadi, «Shu narxda» bilan sotasiz.
Usta bir qismini toʻlasa, qolgani qarz boʻlib yoziladi; chekda eski va yangi qarz.
A4 ning yarmida (A5) yoki bir varaqda ikki sahifa: printer oynasiga tegmasdan.
Kassa joyi
Uskunani bizdan olishingiz mumkin: ulab, sozlab beramiz. Oʻzingiz sotib olsangiz ham, doʻkoningizda sozlab beramiz.
Sementning birligi kg, qadogʻi «Qop», ichida 50 kg. Kassada qop bosilsa 50 kg, 7 yozilsa 7 kg ayriladi; qoldiq doim kg da yuritiladi.
Narx nazorati yoqilsa, ulgurji narxda faqat ulgurji mijozga sotiladi. Boshqa mijozga ulgurji narxda sotish uchun kassir tasdiqlaydi yoki egasi va boshqaruvchining ruxsati kerak boʻladi: buni oʻzingiz tanlaysiz.
Dollardagi narx toʻrt xonagacha yoziladi: 0.042. Kursni kiritsangiz, boltning soʻmdagi narxi oʻzi hisoblanadi; kassada va yorliqda narx soʻmda.
Boshlash
Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.
1 oy bepul, karta soʻralmaydi.
Kassangiz shunday boʻladi
Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online