Kassa
Monoblok yoki kompyuterda skaner, chek printeri va pul qutisi bilan tez sotuv.
- F2
- 58/80 mm
- A4
Imkoniyatlar
Kassadan qarz daftarigacha: doʻkon egalari soʻragan har bir imkoniyat, qisqa va aniq.
Noutbukda Merkaning mahsulotlar sahifasi: qoldiq, kam qolgan va tugagan tovarlar; oldidagi telefonda egasining bosh paneli bugungi tushumni koʻrsatadi.
Boʻlimlar
Har boʻlim alohida sahifada: real ekranlar, cheklovlar va qoʻllanmaga havolalar bilan.
Monoblok yoki kompyuterda skaner, chek printeri va pul qutisi bilan tez sotuv.
Har tovar oʻz oʻlchovida: kirim, qoldiq, inventarizatsiya va narx yorliqlari.
Nasiya mijoz sahifasiga oʻzi yoziladi, chekda eski va yangi qarz.
Chegirma tannarxga oʻzi tushadi, kimga qancha qarzingiz borligi koʻrinadi.
Dollarda olasiz, soʻmda sotasiz: kursni yozsangiz, narxlar yangilanadi.
Rollar, 4 xonali PIN, narx nazorati va kassada qancha boʻlishi kerakligi.
Tushum, foyda, qoldiq va kim qancha sotgani: bugun, oy yoki yil.
Monoblok, chek printeri, skaner, pul qutisi va yorliq printeri: ulab, sozlab beramiz.
Hammasi
Merka bugun nima qila olishi, boʻlim-boʻlim. «Sozlamalarda yoqiladi» belgisi bor imkoniyat yangi doʻkonda oʻchiq turadi: kerak boʻlsa, bir bosishda yoqasiz.
Sensorli monoblok, noutbuk yoki kompyuterda kassa butun ekranda ochiladi: chek printeri, skaner va pul qutisi bilan. Butun ekran va oynasiz chek uchun Windows 10 yoki 11, Chrome yoki Edge kerak.
Sotuvchi zalda telefonda sotadi, egasi uzoqdan koʻradi. Telefon chekni oʻzining chop etish oynasi orqali chiqaradi.
Ertalab kassani ochasiz va sotasiz: smena ochib-yopish yoʻq, har chekda kim sotgani yoziladi.
Sensorli ekranga katta plitkalar, skanerli kassaga jadval: F2 toʻlov, F4 hammasi naqd, F8 kutishga. Telefonda doim plitkalar.
Tovar skaner, nomi, shtrix kodi yoki rasmi bilan topiladi; boʻlimlar bir bosishda. Plitkalarda 120 tagacha tovar turadi, qidiruv hammasini topadi.
Mixni kilolab, kabelni metrlab sotasiz. Mijoz «10 000 soʻmlik» desa, dastur qancha berishni hisoblaydi.
Bitta tovarga yoki butun savatga, foizda yoki soʻmda. Chegara qoʻysangiz, narx nazorati kuzatadi.
Naqd, karta, oʻtkazma yoki nasiya; qaytimni dastur hisoblaydi. Aralash toʻlov va perechisleniye Sozlamalarda yoqiladi. Karta terminali ulanmaydi: kassa toʻlov turini yozib qoʻyadi.
58 yoki 80 mm chek, A5 yoki A4 «Tovar cheki»; qayta chiqarasiz yoki rasm qilib yuborasiz. Bu fiskal chek emas.
Chek bilan yoki cheksiz qaytarasiz, xato sotuvni bekor qilasiz, tugagan sotuvning toʻlov turini oʻzgartirasiz. Cheksiz qaytarishga kassirga menejer PIN bilan ruxsat beradi.
Katta buyurtma yigʻilyaptimi? Uni kutishga qoʻyib, navbatdagi mijozga sotasiz, keyin qaytasiz.
Mahsulotni rasmi bilan qoʻshasiz: kompyuterda fayldan, telefonda kameradan. Kassada tovar rasmi bilan topiladi.
Dona, kg, gramm, litr, ml yoki metr; kerak boʻlsa m², juft. Birliklar bir-biriga oʻtmaydi: gramm va ml alohida.
Sementni qoplab olib, kilolab sotasiz. Har qadoqning oʻz shtrix kodi va narxi boʻlishi mumkin.
Kodi yoʻq tovarga «Yaratish» bilan kod berasiz; bitta kod faqat bitta tovarda. Kod boʻyicha tovar nomi oʻzi toʻlmaydi.
Sotuv narxi, tannarx va eng past narx. Ustama tannarxdan: 100 ga olib 120 ga sotsangiz, 20 %.
Ustaga alohida narx: kassada «Ulgurji narx»ga oʻtasiz yoki ulgurji mijozni tanlaysiz.
Bir model, har oʻlcham va rang oʻz qoldigʻi va kodi bilan. Almashtirish bir qadamda emas, oʻlcham boʻyicha hisobot yoʻq.
Kam qolgan, tugagan va zarariga turgan tovarlar bir bosishda chiqadi; roʻyxat oʻz joyida qoladi.
Tovar kelganda skanerlab, qutilab yoki donalab kirim qilasiz: qoldiq koʻpayadi, tannarx oʻzi yangilanadi. Kassir ham qabul qiladi, tannarxni koʻrmaydi.
Prays dollarda kelsa, kirim ham dollarda: soʻmga oʻsha kungi kurs bilan oʻtadi.
Seriyalab kelgan kiyimni «+1 seriya» bilan jadvalga bir necha bosishda kiritasiz.
Ombordagi tovar qancha turishini tannarxda ham, sotuv narxida ham koʻrasiz; eng kam qoldiqdan tushgani «Kam qolgan»da.
Butun doʻkonni yoki bitta boʻlimni sanaysiz: dasturdagi bilan farq oʻzi chiqadi.
Singan yoki yoʻqolgan tovarni sababi bilan chiqarasiz, har harakat tarixda. Yaroqlilik muddati va partiya yoʻq.
Qoldigʻi yoʻq tovarni kassa sotmaydi. Xohlasangiz, Sozlamalarda ruxsat berasiz.
Har tovarga yetkazib beruvchisini yozasiz, birdaniga koʻp tovarga biriktirasiz.
Yetkazib beruvchining 5 % yoki 10 % chegirmasi tannarxga oʻzi tushadi, ikki marta emas.
Bir yetkazib beruvchining tovarlari turli chegirmada kelsa, «Mega 10 %» kabi guruh ochasiz.
Har biriga qancha qarzingiz bor, soʻmda yoki dollarda; har kirim toʻlangan, qisman yoki qarz. Faqat egasi va boshqaruvchi koʻradi.
Mijoz pulini uyda unutdimi? Nasiyaga yozasiz: qarz uning sahifasiga oʻzi tushadi. Har mijozga nasiya chegarasi qoʻyasiz.
Nasiya chekida toʻlangani, eski va yangi qarz yoziladi: keyin tortishuv boʻlmaydi.
Qarz toʻlovini naqd, karta yoki oʻtkazmada olasiz; oldindan berilgan pul avans boʻladi. Kassir avansni faqat naqd oladi.
Kim qancha qarzdor, eng kattasi tepada. Toʻlash muddati va SMS eslatma yoʻq: qoʻngʻiroqni oʻzingiz qilasiz.
Daftardagi qarzlarni mijoz sahifasiga boshlangʻich qarz qilib kiritasiz.
Doimiy mijoz oxirgi marta qanday narxda olgani kassada koʻrinadi; ulgurji mijozni tanlasangiz, ulgurji narxga oʻtadi.
Dollarda olingan tovar narxini dollarda kiritasiz: kursni yozsangiz, soʻmdagi narxlar oʻzi yangilanadi. Kursni doʻkon oʻzi yozadi.
$0.042 kabi narx ham yoziladi; soʻmdagi narx 100, 500 yoki 1 000 soʻmgacha yaxlitlanadi.
Dastur kassada hozir qancha naqd boʻlishi kerakligini aytadi; pul qoʻyish va olish sababi bilan yoziladi. Egasi va boshqaruvchi uchun.
Kun oxirida sanaysiz, kamomad yoki ortiqcha oʻzi chiqadi. Sotuv toʻxtamaydi.
Ijara, oylik, tushlik: xarajatni yozasiz, sof foyda oʻzi chiqadi; kassadan toʻlangani kassa hisobidan ayriladi.
Egasi, boshqaruvchi va kassir: har kim oʻziga keraklisini koʻradi. Kassir tannarx va foydani koʻrmaydi, faqat oʻz sotuvlarini koʻradi.
Ishonchli kassirga mahsulot qoʻshishga ruxsat berasiz: tannarxni baribir koʻrmaydi.
Foydani, yoki foyda bilan tannarxni, boshqaruvchidan ham yashirasiz.
Har kim 4 xonali PIN bilan almashadi; 5 marta xato terilsa, PIN qulflanadi. Internetsiz almashib boʻlmaydi.
Katta chegirma va tannarxdan arzon sotuvni toʻxtatadi yoki ogohlantiradi; ruxsatni menejer PIN bilan beradi.
Har chekda kim sotgani yoziladi; internetsiz qilingan sotuvlarni egasi alohida tekshiradi. Ketgan xodimni oʻchirsangiz, sotuvlari tarixda qoladi.
Bugungi tushum, foyda, oʻrtacha chek, toʻlovlar va mijozlar qarzi: doʻkonda boʻlmasangiz ham ochib koʻrasiz. Xabarnoma kelmaydi.
Bosh panelda tugayotgan tovarlar va eng koʻp sotilganlar; keraksiz kataklarni yashirasiz.
Sotuvlar, mahsulotlar, ombor, qarzdorlar va xarajatlar; boʻlim va kassir boʻyicha. Faqat egasi koʻradi.
Kim qancha sotdi va qancha foyda keltirdi; sotuvchiga foiz bersangiz, obyomni dastur hisoblaydi.
Sotuvlar va mahsulotlar roʻyxatini CSV faylga olasiz. Mijozlar va qarzlar eksporti yoʻq.
Bitta fayl bilan kassa kompyuteri tayyor: chek printeri asosiy boʻladi, kassa butun ekranda ochiladi, chek oynasiz chiqadi. Bu oʻrnatiladigan dastur emas.
58 yoki 80 mm termoprinter Windows drayveri bilan: chek bir zumda chiqadi.
Oddiy printerda ustaga «Tovar cheki»: summa soʻz bilan, imzo joyi bilan.
Chek printeriga ulanadi: naqd sotuv va naqd qaytarishda oʻzi ochiladi, kartada ochilmaydi. Faqat Windows kompyuterdan, telefondan emas.
USB yoki Bluetooth skaner klaviatura rejimida ishlaydi, klaviatura rus tilida boʻlsa ham.
40×30, 58×40, 58×30, 30×20 mm yoki A4 varaqda 24 ta narx yorligʻi; oddiy Chrome oynasidan chiqadi.
Tarozi chiqargan shtrix kodli yorliqni kassa oʻqiydi. Tarozi kassaga toʻgʻridan ulanmaydi.
Skaner qoʻlda boʻlmasa, telefon yoki planshet kamerasi chiziqli shtrix kodni oʻqiydi.
Naqd, karta va chegara ichida nasiya; chek 8 belgili kod bilan chiqadi. Sotuvlar shu kassada navbatda turadi.
Internet qaytganda navbatdagi sotuvlar oʻzi yuboriladi; egasi ularni alohida tekshiradi.
Qaytarish, PIN bilan almashish, yangi mijoz va chiqish internet kutadi. Sotuv 48 soat yuborilmasa, kassa sotishni toʻxtatadi; brauzer maʼlumoti oʻchirilsa, yuborilmagan sotuvlar yoʻqoladi.
Bir doʻkonda bir nechta kompyuter, planshet va telefon bir vaqtda ishlaydi: hammasi bitta hisobda.
Telefonda bosh ekranga qoʻyiladi, kompyuterda Chrome yoki Edgeʼda ochiladi; yangilanish oʻzi keladi.
Har bir xodim tilni oʻzi tanlaydi: oʻzbek (lotin) yoki rus.
Doʻkoningiz oʻz manzilida ochiladi: dokoningiz.kassapos.online; email yoki telefon bilan kirasiz.
Ikkinchi doʻkon alohida manzil va hisob bilan ochiladi. Tovar koʻchirish va umumiy hisobot yoʻq.
Manzil, egasi, sotuvchilar va PIN kodlarni oʻzimiz ochib beramiz: roʻyxatdan oʻzingiz oʻtmaysiz.
CSV fayl yuklanadi (ruscha Excelʼdan ham), qadoq va oʻlchamlarsiz. Excel roʻyxatingizni yuklab beramiz.
Doʻkoningizda ulab, sozlab beramiz: kassa kompyuteri, chek va yorliq printeri, skaner va pul qutisi.
Sizga va sotuvchilarga oʻrgatamiz.
Har tugma real ekran rasmlari bilan tushuntirilgan qoʻllanma, oʻzbek va ingliz tilida.
Maʼlumotlar Toshkentdagi serverda; maʼlumotlar bazasi har kecha shifrlanib, alohida joyda saqlanadi.
Obuna toʻxtatilsa ham maʼlumotlaringiz oʻchmaydi; toʻxtatish qoʻlda qilinadi.
Boshlash
Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.
1 oy bepul, karta soʻralmaydi.
Kassangiz shunday boʻladi
Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online