Qarz daftari

Qarz daftari kassaning ichida

Nasiyaga sotsangiz, qarz mijoz sahifasiga oʻzi yoziladi. Chekda eski va yangi qarz, toʻlovlar va avans bir joyda.

1 oy bepul, keyin oyiga 99 000 soʻmdan.

Mijoz sahifasi: Anvar usta, qarzi 360 500 soʻm, nasiya chegarasi 5 000 000 soʻm; nasiya daftarida har bir qarz va toʻlov sanasi bilan, yonida uning cheklari.

Nasiyaga sotish

Nasiyaga sotish bir bosishda

Usta tovarni oladi, pulini keyin beradi. Kassada mijozni tanlaysiz, «Nasiya»ni bosasiz: qarz uning sahifasiga oʻzi yoziladi.

Kassaning toʻlov oynasi: 250 000 soʻm, «Nasiya» tanlangan, mijoz Bahodir aka; hozir naqd 0 soʻm, nasiyaga 250 000 soʻm yoziladi, mijozning qarzi 511 750 soʻm boʻladi.
  • Mijozni tanlaysiz

    Ismi yoki telefoni bilan topasiz, kerak boʻlsa kassaning oʻzida yangi mijoz qoʻshasiz.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

  • Bir qismi hozir

    Mijoz 100 000 berib, qolganini keyin bersa: bergani naqd yoziladi, qolgani qarzga.

  • Nasiya chegarasi

    Har mijozga eng koʻpi qancha qarz berishingizni yozasiz: undan oshsa, kassa nasiyaga sotmaydi.

Chek

Chekda eski va yangi qarz

Nasiyaga sotilgan chekda mijoz qancha toʻlagani, oldingi qarzi va yangi qarzi yoziladi. Keyin tortishuv boʻlmaydi.

80 mm chek: mix, sement va kabel nasiyaga sotilgan; pastda «Toʻlandi 0», «Eski qarz 261 750», «Yangi qarz 511 750».
  • Toʻlandi, eski va yangi qarz

    Mijoz chekni olib ketadi: qarzi qancha boʻlgani va endi qancha ekanini oʻzi koʻradi.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

  • A4 «Tovar cheki»

    Ustaga A4 varaqda imzo joyi bilan «Tovar cheki» chiqarasiz: qarzi ham shu yerda.

  • Rasm qilib yuborish

    Chekni rasm qilib saqlaysiz va mijozga oʻzingiz yuborasiz.

Toʻlov va avans

Qarz toʻlovi va avans

Mijoz qarzini olib kelsa, uning sahifasida «Qarzni toʻlash»ni bosasiz. Qarzi qolmagan mijoz oldindan pul bersa, avans boʻlib yoziladi.

Qarzdorlar

Jami qarz 4 460 000 soʻm
  • Rustam aka Oxirgi toʻlov: 3 kun oldin 1 250 000 soʻm
  • Usta Bahrom Oxirgi toʻlov: 12-noyabr 2 870 000 soʻm
  • Gulnora opa Bugun nasiyaga oldi 340 000 soʻm

  • Naqd, karta yoki oʻtkazma

    Toʻlovni qaysi yoʻl bilan olganingizni tanlaysiz: kassa hisobi ham shunga qarab yuradi.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

  • Avans

    Mijoz oldindan pul beradi, keyingi xaridda kassada «Avansdan» bilan toʻlaydi. Qarzidan koʻp bersa, ortigʻi avans boʻladi.

  • Qarzdorlar roʻyxati

    Kim qancha qarzdor, eng katta qarz tepada. Jami summa bosh panelda ham koʻrinadi.

  • Kassir naqd oladi

    Kassir avansni faqat naqd oladi. Karta yoki oʻtkazma bilan avansni egasi yoki boshqaruvchi oladi.

Eski daftar

Daftardagi qarzlarni koʻchirish

Qogʻoz daftardagi eski qarzni mijoz sahifasiga boshlangʻich qarz qilib yozasiz, sababiga «Eski daftardan». Keyingi nasiya va toʻlovlar shu summaga qoʻshiladi.

«Hisobni tuzatish» oynasi: Usta Bahrom, «Qarzi koʻpaysin» tanlangan, summa 1 450 000 soʻm, sababi «Eski daftardan».
  • «Eski daftardan»

    Har bir mijozning daftardagi qarzini bir marta kiritasiz: shundan keyin hisob dasturda yuradi.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

  • Sababi bilan tuzatish

    Xato yozuvni ham shu yerda tuzatasiz: «Qarzi kamaysin» yoki «Qarzi koʻpaysin», sababi albatta yoziladi.

  • Egasi yoki boshqaruvchi

    Qarzni qoʻlda tuzatishni faqat egasi yoki boshqaruvchi qiladi: kassir qila olmaydi.

Doimiy mijozlar

Doimiy va ulgurji mijozlar

Usta har hafta keladi va kelishilgan narxda oladi. Mijoz sahifasida u har tovarni oxirgi marta qanday narxda olgani turadi.

«Sotib olgan mahsulotlari» jadvali: har tovarning hozirgi narxi, mijoz oxirgi marta olgan narx va sana, jami olgani va necha marta olgani; mijoz «Ulgurji mijoz».
  • Oxirgi narx

    Mijoz har tovarni oxirgi marta qanday narxda olgani koʻrinadi: kelishilgan narxni eslab yurish shart emas.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

  • Kassada «Shu narxda»

    Mijozni tanlasangiz, oxirgi narxi bugungidan farq qilgan tovarda shu narx koʻrinadi: bir bosishda qoʻyasiz.

  • Ulgurji mijoz

    Ulgurji mijozni tanlasangiz, kassa ulgurji narxga oʻzi oʻtadi.

    Sozlamalarda yoqiladi

Koʻp soʻraladigan savollar

Barcha savollar
Daftardagi qarzlar-chi?

Eski qarzlar mijoz sahifasiga boshlangʻich qarz boʻlib, «Eski daftardan» izohi bilan yoziladi; ularni oʻzingiz kiritasiz. Pro tarifida esa daftardagi qarzlarni oʻzimiz kiritamiz.

Mijozga qarzini qanday eslataman?

Mijoz sahifasidagi telefon raqamini bosib, qoʻngʻiroq qilasiz. Dastur oʻzi SMS yoki Telegram xabar yubormaydi.

Mijoz qarzidan koʻp toʻlasa-chi?

Ortigʻi avans boʻlib qoladi. Keyingi xaridda kassada «Avansdan» bilan toʻlanadi.

Boshlash

Kassani doʻkoningizga ulab beramiz

Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.

1 oy bepul, karta soʻralmaydi.

Kassangiz shunday boʻladi

Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online

Qanday bogʻlanaylik?
Qanday doʻkon? (ixtiyoriy)

Raqamingizni faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatamiz. Maxfiylik siyosati

Kassani doʻkoningizga ulab beramiz

Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz. 1 oy bepul, karta soʻralmaydi.

Qanday bogʻlanaylik?
Qanday doʻkon? (ixtiyoriy)

Raqamingizni faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatamiz. Maxfiylik siyosati

Bepul boshlash