Kassa

Kassa: skaner, chek va pul qutisi bilan tez sotuv

Sensorli monoblokda katta plitkalar, skanerli kassada sotuv qatorlari. Smena ochib-yopish yoʻq: kassani ochasiz va sotasiz.

1 oy bepul, keyin oyiga 99 000 soʻmdan.

Sensorli monoblokda Merka kassasi: toʻlov oynasi ochiq, toʻlanadi 325 500 soʻm, mijoz berdi 350 000 soʻm, qaytim 24 500 soʻm, raqam tugmalari va «Toʻlovni tasdiqlash».

Sotish

Skanerlang yoki rasmini bosing

Sensorli ekranda tovar rasmini bosasiz, skanerli kassada shtrix kodni oʻqitasiz. Har bir kompyuterda oʻziga qulay koʻrinish tanlanadi.

Plitkalar · sensorli ekran

Plitkalar koʻrinishi: tovar rasmlari, narxi, qoldigʻi va ulgurji narxi; chapda savat.

Sotuv qatorlari · skaner va klaviatura

Sotuv qatorlari koʻrinishi: jadvalda tovar, oʻlchov, miqdor, narx, summa va qoldiq; oʻngda jami va «Toʻlov F2».
  • Skaner va qidiruv

    Shtrix kod, qadoq kodi yoki nomi boʻyicha topiladi; tarozi yorligʻi ham oʻqiladi.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

  • Kilolab, metrlab, grammlab

    Miqdorni oʻz oʻlchovida yozasiz: 2,5 kg mix, 15 m kabel, 30 g atir.

  • Qutilab va donalab

    Bir tovar qutida ham, donada ham sotiladi, har biri oʻz narxi va kodi bilan.

  • Summaga sotish

    Mijoz «10 000 soʻmlik» desa, summani yozasiz, kassa miqdorni oʻzi hisoblaydi.

  • Chegirma

    Qatorga yoki butun chekka; narx nazorati yoqilgan boʻlsa, belgilangan chegaragacha.

  • Ulgurji narx

    Chakana va ulgurji narx bir bosishda almashadi; ulgurji mijozni tanlasangiz, oʻzi.

    Sozlamalarda yoqiladi

  • Kutishga qoʻyish

    Mijoz nimanidir unutib qaytsa, chekni kutishga qoʻyasiz va keyingisini sotasiz.

  • Tugmalar F2, F4, F8

    F2 toʻlov, F4 naqd aniq summa, F8 kutishga qoʻyish: skanerli kassada sichqonchasiz.

Toʻlov

Naqd, karta, oʻtkazma yoki nasiya

Mijoz bergan pulni yozasiz yoki tez summani bosasiz, qaytim oʻzi hisoblanadi. Karta terminali alohida ishlaydi: kassa toʻlov turini yozib qoʻyadi.

Toʻlov oynasi: Naqd tanlangan, mijoz berdi 350 000 soʻm, qaytim 24 500 soʻm.
  • Qaytim hisoblanadi

    Aniq summa yoki 330 000, 350 000 kabi tez tugmalar; F4 bilan hammasi naqd.

  • Nasiya

    Mijozni tanlaysiz, qarz uning sahifasiga oʻzi yoziladi.

  • Aralash toʻlov

    Bir chekni naqd va karta bilan boʻlib toʻlash.

    Sozlamalarda yoqiladi

  • Perechisleniye

    Bank orqali oʻtkazma alohida toʻlov turi boʻlib yoziladi.

    Sozlamalarda yoqiladi

  • Karta terminali

    Terminal kassaga ulanmaydi: kassir summani terminalda teradi, kassa «Karta» deb yozadi.

Chek

Chek lentada yoki A4 varaqda

Kichik xaridga 58 yoki 80 mm lentali chek, ustaga A4 varaqda «Tovar cheki»: summa soʻz bilan va imzo joylari bilan.

Merka fiskal chek chiqarmaydi. Batafsil

Usta qurilish mollari
Chilonzor, 9-kvartal
Chek #763
Sana 25.11.2026 14:32
Kassir Dilshod
Mijoz Bahodir aka
Sement M400
2 qop × 82 000 164 000
Mix 100 mm
2,5 kg × 18 000 45 000
Kabel VVG 2×2,5
15 m × 9 500 142 500
JAMI 351 500 soʻm
Naqd 400 000 soʻm
Qaytim 48 500 soʻm
Xaridingiz uchun rahmat!
A4 «Tovar cheki»: doʻkon, xaridor, tovarlar jadvali, jami summa soʻz bilan va imzolar.
  • 58 yoki 80 mm

    Har bir kompyuterda oʻz printerining lentasi tanlanadi.

  • A5 va A4, ikkitasi bir varaqda

    «Tovar cheki» 1C dagi kabi: A5 yoki A4, bir varaqqa ikkita.

  • Logo, sotuvchi, mijoz qarzi

    Chekda doʻkon logosi, kim sotgani va nasiyada eski va yangi qarz.

  • Qayta chiqarish

    Oʻtgan har qanday chekni sotuvlar roʻyxatidan qayta chop etasiz.

  • Rasm qilib yuborish

    Chekni rasm qilib saqlaysiz yoki telefondan Telegram orqali mijozga ulashasiz.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

Qaytarish

Qaytarish, bekor qilish va toʻlov turini oʻzgartirish

Mijoz tovarni qaytarsa, chek boʻyicha yoki cheksiz qaytarasiz: tovar omborga, pul mijozga qaytadi.

«Chekisiz qaytarish» oynasi: Germetik silikon 1 dona, naqd, sababi «Sifatsiz», qaytariladi 28 000 soʻm.
  • Chek boʻyicha qaytarish

    Chekni topasiz va qaytgan tovarni belgilaysiz.

  • Cheksiz qaytarish

    Chek yoʻq boʻlsa ham: tovar, soni va sababi. Kassirga boshqaruvchining PIN kodi kerak.

  • Xato sotuvni bekor qilish

    Notoʻgʻri urilgan chek bekor qilinadi, tovar omborga qaytadi.

  • Toʻlov turini oʻzgartirish

    Naqd deb yozilgan sotuvni karta qilib tuzatasiz, sababi bilan.

Internetsiz

Internet uzilsa ham kassa sotadi

Internet uzilsa, kassa sotishda davom etadi: sotuvlar shu kompyuterda saqlanadi va internet qaytganda oʻzi yuboriladi.

Internet yoʻq · navbatda 3Kassa ishlayveradi: sotuvlar shu qurilmada saqlanadi va internet qaytganda oʻzi yuboriladi.
Internetsiz sotuv: kassa sotuvlarni navbatda saqlaydi, internet qaytganda serverga yuboradi. Kassadagi xabar: internet yoʻq, navbatda 3 ta sotuv.
  • Sotuv toʻxtamaydi

    Tovar, narx va qoldiq kompyuterda turadi: skanerlaysiz va chek chiqarasiz.

  • Oʻzi yuboriladi

    Internet qaytishi bilan navbatdagi sotuvlar serverga ketadi.

  • Tekshirish kerak boʻlsa

    Qoldiq minusga tushgan yoki narx oʻzgargan sotuvlar «Tekshirish kerak» roʻyxatiga tushadi.

    Qoʻllanmada (tashqi sayt)

Sinab koʻring

Kassada bitta sotuv qilib koʻring

Tovarni bosing yoki «Skanerlash»ni bosing, keyin «Toʻlov».

Usta qurilish mollariDilnoza
Savat 4 ta mahsulot
  • Germetik silikon 56 000 28 000 soʻm / dona 2 dona
  • Sement M400 82 000 82 000 soʻm / qop 1 qop
  • Mix 100 mm 45 000 18 000 soʻm / kg 2,5 kg
  • Kabel VVG 2×2,5 142 500 9 500 soʻm / m 15 m
Jami325 500 soʻm

Bir nechta kassa

Bir doʻkonda bir nechta kassa

Kassa kompyuteri, planshet va telefonlar bir vaqtda ishlaydi: hammasi bitta doʻkonning tovarlari va qoldigʻi bilan.

  • Har kompyuter oʻz printeri bilan

    Chek formati va printer har bir kompyuterning oʻzida sozlanadi.

  • «Kim ishlayapti?»

    Bitta kassada bir nechta sotuvchi 4 xonali PIN bilan almashadi; har chekda kim sotgani yoziladi.

  • Zalda telefon bilan

    Sotuvchi zalda telefonda sotadi, kassadagi kompyuter ham ishlayveradi.

Kassa haqida savollar

Karta terminali ulanadimi?

Yoʻq. Karta terminali alohida ishlaydi: mijoz terminalda toʻlaydi, siz kassada «Karta»ni bosasiz va sotuv shu toʻlov turi bilan yoziladi. Toʻlov tizimlari bilan ulanish yoʻq.

Fiskal chek chiqaradimi?

Yoʻq. Merka fiskal kassa emas va soliq QR kodini chiqarmaydi: uning cheki doʻkonning oʻz hisobi uchun. Doʻkoningiz fiskal chek berishi kerakmi, soliq maslahatchingiz yoki kassa xizmat koʻrsatish markazidan soʻrang.

Ikkita kassam yoki ikkita doʻkonim boʻlsa-chi?

Bitta doʻkonda bir nechta kassa bir vaqtda ishlaydi, qoʻshimcha toʻlovsiz: har birining oʻz printeri boʻladi. Ikkinchi doʻkon esa oyiga 99 000 soʻm: u oʻz manzili, tovarlari va hisobotlari bilan alohida ishlaydi, umumiy hisobot hozircha yoʻq.

Internet uzilsa yoki svet oʻchsa-chi?

Kassa sotishda davom etadi: sotuvlar shu kassaning oʻzida saqlanadi va internet qaytganda oʻzi yuboriladi. Internetsiz qaytarish, PIN bilan xodim almashtirish va yangi mijoz qoʻshish boʻlmaydi; biror sotuv 48 soatdan ortiq yuborilmay tursa, kassa sotishni toʻxtatadi. Svet oʻchsa, monoblok ham oʻchadi, noutbuk va telefon esa batareyada ishlayveradi.

Telefonda ham sotsa boʻladimi?

Ha, zalda: sotuvchi telefon yoki planshetda sotadi, kamera shtrix kodni oʻqiydi. Telefon chekni faqat chop etish oynasi orqali, oʻzi koʻradigan printerga chiqaradi, pul qutisi esa faqat Windows kompyuterdan ochiladi. Shuning uchun kassada kompyuter yoki monoblok turadi.

Boshlash

Kassani doʻkoningizga ulab beramiz

Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.

1 oy bepul, karta soʻralmaydi.

Kassangiz shunday boʻladi

Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online

Qanday bogʻlanaylik?
Qanday doʻkon? (ixtiyoriy)

Raqamingizni faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatamiz. Maxfiylik siyosati

Kassani doʻkoningizga ulab beramiz

Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz. 1 oy bepul, karta soʻralmaydi.

Qanday bogʻlanaylik?
Qanday doʻkon? (ixtiyoriy)

Raqamingizni faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatamiz. Maxfiylik siyosati

Bepul boshlash