Xodimlar va nazorat
Rollar, PIN, narx nazorati va kassa hisobi.
Hisobotlar
Bugungi savdoni telefoningizda, oylik hisobotni kompyuterda koʻrasiz: kim qancha sotgani, qaysi tovar ketayotgani, kassada qancha boʻlishi kerak.
Noutbukda oylik hisobot: tushum, tannarx, yalpi va sof foyda, boʻlim va kassir boʻyicha savdo; oldida telefonda bugungi bosh panel.
Bosh panel
Doʻkonda boʻlmasangiz ham, bugungi tushum, foyda va kassada qancha boʻlishi kerakligi bir sahifada. Telefoningizda ochib koʻrasiz.
Yalpi foyda ustamasi bilan: ustama tannarxdan hisoblanadi, 100 ga olib 120 ga sotsangiz, 20 %.
Bir mijoz oʻrtacha qancha xarid qilgani va xarajatlardan keyin qolgan sof foyda.
Pul qaysi yoʻl bilan kelgani, qancha nasiyaga ketgani va mijozlar jami qancha qarzdorligi.
Eng kam qoldiqdan tushgan tovarlar va eng koʻp sotilganlar: buyurtmani vaqtida berasiz.
Sizga kerak boʻlmagan kataklarni bosh paneldan olib qoʻyasiz.
Oy va yil
Oy oxirida doʻkon qancha ishlaganini koʻrasiz: tushum, tannarx, chegirmalar, qaytarishlar, xarajatlar va sof foyda.
Sotuvlar, Mahsulotlar, Ombor, Qarzdorlar va Xarajatlar: bugun, hafta, oy, yil yoki istalgan sanalar.
Qaysi boʻlim qancha sotdi va qaysi kassir qancha chek urdi.
Har tovar qancha sotilgani, qancha tannarx va foyda keltirgani.
Sotuvchilar va obyom
Har sotuvchining sahifasida uning tushumi, foydasi va oʻrtacha cheki. Sotuvchiga savdosidan foiz bersangiz, obyomni dastur hisoblaydi.
Tushum, foyda, oʻrtacha chek, qaytarishlar va toʻlov turlari: bugun, kecha, hafta yoki oy.
Tushumdan ustamasi past tovarlar va toʻlanmagan nasiya ayriladi; nasiya toʻlanganda shu sotuvchiga qaytadi.
Obyom qanday hisoblangani qatorma-qator koʻrinadi: sotuvchi bilan tortishuv boʻlmaydi.
Xarajat va sof foyda
Ijara, oylik, yetkazib berish, svet: har xarajat turi bilan yoziladi va sof foydadan ayriladi.
Xarajat turlarini oʻzingiz ochasiz: ijara, ish haqi, transport, kommunal.
Xarajat kassadagi puldan toʻlansa, kassa hisobi ham shuni biladi.
Egasi kassadan olgan pul foydani kamaytirmaydi: u kassa hisobida alohida yoziladi.
Eksport
Sotuvlar va mahsulotlar roʻyxatini CSV faylga yuklab olasiz va Excelʼda ochasiz.
Tanlangan davrdagi har bir chek: sana, sotuvchi, mijoz, toʻlov turi va summa.
Butun tovar roʻyxati narxlari va qoldigʻi bilan.
Hisobotlar va eksportni doʻkon egasi koʻradi va yuklaydi.
Kassir sotadi, qaytaradi, mijozlar bilan ishlaydi va faqat oʻz sotuvlarini koʻradi; tannarx va foyda unga koʻrinmaydi. Boshqaruvchi hisobotlar, xodimlar va obunadan boshqa hamma ishni qiladi. Xohlasangiz, foydani boshqaruvchidan ham yashirasiz.
Yoʻq. Bosh panelni telefoningizda yoki kompyuterda ochib koʻrasiz. Telegramga faqat obuna eslatmalari keladi.
Yoʻq. Har doʻkon oʻz manzili va oʻz hisobi bilan ishlaydi: hisobotni har biri uchun alohida koʻrasiz.
Boshlash
Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.
1 oy bepul, karta soʻralmaydi.
Kassangiz shunday boʻladi
Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online