Narx

Merka tariflari va narxi

Birinchi oy bepul, karta soʻralmaydi. Keyin doʻkoningizga mos tarifni tanlaysiz va har oy oldindan toʻlaysiz.

Biznes tarifining narx cheki: birinchi oy 0 soʻm, keyingi har oy 199 000 soʻm, kuniga taxminan 6 600 soʻm, bugun toʻlaysiz 0 soʻm, karta raqami soʻralmaydi.

Tariflar

Doʻkoningizga qarab tanlang

Uchala tarifda ham kassa, ombor va qarz daftari bor, qurilmalar soni esa cheklanmagan. Farqi doʻkoningiz kattaligida, qoʻshimcha imkoniyatlarda va biz qancha ishni oʻz zimmamizga olishimizda.

Start

Kichik doʻkon: oʻzingiz va bir-ikki sotuvchi.

99 000 soʻm oyiga

kuniga taxminan 3 300 soʻm

  • 500 tagacha tovar
  • 3 tagacha xodim, siz bilan birga
  • Qurilmalar soni cheklanmagan
  • Qoʻshimcha doʻkon: +99 000 soʻm
Bepul boshlash

Nimalar kiradi

  • Kassa: skaner, chek printeri, pul qutisi; chek 58 yoki 80 mm va A4
  • Kilolab, metrlab, qutilab va donalab sotish
  • Ombor: kirim, qoldiq, inventarizatsiya
  • Qarz daftari va mijozlar
  • Narx yorliqlari va aralash toʻlov
  • Internet uzilsa ham kassa sotishda davom etadi
  • Rollar va PIN kodlar: har chekda sotuvchi ismi
  • Hisobotlar: tushum va foyda telefoningizda ham
  • Excel roʻyxatingizni yuklab beramiz
  • Telegram orqali yordam

Tavsiya qilamiz

Biznes

Sotuvchilari, yetkazib beruvchilari yoki dollarda keladigan tovari bor doʻkon.

199 000 soʻm oyiga

kuniga taxminan 6 600 soʻm

  • 5 000 tagacha tovar
  • 15 tagacha xodim
  • Qurilmalar soni cheklanmagan
  • Qoʻshimcha doʻkon: +99 000 soʻm
Bepul boshlash

Start tarifidagi hamma narsa, yana:

  • Dollar narxlar: kursni yozasiz, soʻmdagi narxlar oʻzi yangilanadi
  • Ulgurji narx va ulgurji mijozlar
  • Narx nazorati: katta chegirma va tannarxdan arzon sotuvni toʻxtatadi
  • Kassa nazorati: qutida qancha pul boʻlishi kerakligi va kun oxirida sanash
  • Yetkazib beruvchi chegirmasi va ular bilan hisob-kitob
  • Oʻlcham va ranglar: kiyim va poyabzal uchun
  • Sotuvchi obyomi va perechisleniye (bank orqali toʻlov)
  • Excel roʻyxatingizni yuklab beramiz
  • Telegram orqali yordam

Pro

Katta assortiment yoki ishning koʻp qismini bizga topshirmoqchi boʻlgan doʻkon.

399 000 soʻm oyiga

kuniga taxminan 13 300 soʻm

  • Tovarlar soni cheklanmagan
  • Xodimlar soni cheklanmagan
  • Qurilmalar soni cheklanmagan
  • Qoʻshimcha doʻkon: +99 000 soʻm
Bepul boshlash

Biznes tarifidagi hamma narsa, yana:

  • Tovarlarni har qanday roʻyxatdan kiritamiz: Excel, boshqa dastur, nakladnoy yoki rasm
  • Qadoqlar, shtrix kodlar va daftardagi qarzlarni ham oʻzimiz kiritamiz
  • Har bir yangi sotuvchini oʻrgatamiz
  • Kerak boʻlsa, doʻkoningizga chiqamiz: oyiga bir martagacha
  • Oyda bir marta doʻkon raqamlarini birga koʻrib chiqamiz: qoldiq, qarzlar, chegirmalar
  • Takliflaringizni birinchi navbatda koʻrib chiqamiz
  • Navbatsiz yordam: Telegram va telefon
  • Sizga biriktirilgan mutaxassis

Narxlar soʻmda, bir oy uchun. Sinov oyida Biznes tarifidagi hamma imkoniyat ochiq, tarifni oy oxirida tanlaysiz.

Tariflarni solishtirish

Start, Biznes va Pro tariflarida nima bor
Imkoniyat StartBiznesPro
Narx, oyiga 99 000 soʻm 199 000 soʻm 399 000 soʻm
Qoʻshimcha doʻkon, oyiga +99 000 +99 000 +99 000
Tovarlar 500 tagacha 5 000 tagacha cheklanmagan
Xodimlar, egasi bilan 3 tagacha 15 tagacha cheklanmagan
Qurilmalar: monoblok, kompyuter, telefon, planshet cheklanmagan cheklanmagan cheklanmagan
Kassa
Skaner, chek 58 yoki 80 mm va A4, pul qutisi
Kilolab, metrlab, qutilab va donalab sotish
Aralash toʻlov
Internetsiz sotish
Ulgurji narx va ulgurji mijozlar
Dollar narxlar
Perechisleniye (bank orqali)
Ombor va hisob
Kirim, qoldiq, inventarizatsiya
Narx yorliqlari
Qarz daftari va mijozlar
Yetkazib beruvchi chegirmasi
Yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob
Oʻlcham va ranglar
Nazorat
Rollar, PIN kodlar, har chekda sotuvchi
Hisobotlar, egasining telefonida ham
Narx nazorati
Kassa nazorati
Sotuvchi obyomi
Biz nima qilamiz
Birinchi sozlash va oʻrgatish
Excel roʻyxatini yuklash
Tovarlarni har qanday roʻyxatdan kiritish, daftardagi qarzlar bilan
Har bir yangi sotuvchini oʻrgatish
Doʻkonga chiqish birinchi sozlashda birinchi sozlashda oyiga bir martagacha
Oylik koʻrik: raqamlarni birga koʻrish
Yordam Telegram Telegram navbatsiz, biriktirilgan mutaxassis

Qoʻshimcha doʻkon

Ikkinchi doʻkon: oyiga +99 000 soʻm

Har bir qoʻshimcha doʻkon uchun oyiga 99 000 soʻm, istalgan tarifda. Yangi doʻkon asosiy doʻkoningiz tarifida, oʻsha cheklovlar bilan ishlaydi.

  • Oʻz manzili, oʻz tovarlari, qoldigʻi va narxlari
  • Oʻz sotuvchilari, PIN kodlari va hisobotlari
  • Ikkala doʻkonga ham egasi sifatida kirasiz: ikkalasi bir brauzerda yonma-yon ochiladi
  • Birinchi doʻkondagi tovarlar roʻyxatini (nomi, shtrix kodi, narxi) yangisiga koʻchirib beramiz
  • Har doʻkonning toʻlovi oʻz «Obuna» sahifasida koʻrinadi

Har bir tarifda

Narxga nima kiradi

  • Birinchi oy bepul, karta soʻralmaydi
  • Doʻkoningizni ochamiz: manzil, egasi, sotuvchilar va PIN kodlar
  • Birinchi sozlash: kassa kompyuteri, chek printeri, skaner va pul qutisini ulab beramiz
  • Sizga va sotuvchilarga oʻrgatamiz
  • Excel roʻyxatingizni yuklab beramiz
  • Yangilanishlar oʻzi keladi, qoʻshimcha toʻlovsiz
  • Har kecha shifrlangan zaxira nusxa
  • Qurilmalar soni cheklanmagan, har biri uchun alohida toʻlov yoʻq
  • Rasmli qoʻllanma va Telegram eslatmalari
  • Majburiy muddat va jarima yoʻq

Birinchi sozlash bepul. Doʻkoningizga qachon kelishimizni yoki video qoʻngʻiroqda sozlashni qoʻngʻiroqda kelishamiz.

Uskunalar narxi alohida

Monoblok, chek printeri, skaner, pul qutisi va yorliq printeri tarifga kirmaydi. Uskunani bizdan olishingiz mumkin: ulab, sozlab beramiz. Oʻzingiz sotib olsangiz ham, doʻkoningizda sozlab beramiz.

Qurilmalar katalogi

Oldindan toʻlov

6 oyga toʻlasangiz, bir oyi bepul

Har 6 oylik oldindan toʻlovga bir oy bepul: 6 oy uchun 5 oy narxini, 12 oy uchun 10 oy narxini toʻlaysiz.

TarifOyiga6 oyga12 oyga
Start 99 000 495 000 990 000
Biznes 199 000 995 000 1 990 000
Pro 399 000 1 995 000 3 990 000
Qoʻshimcha doʻkon 99 000 495 000 990 000

Hammasi soʻmda.

Oldindan toʻlab, erta toʻxtatsangiz, ishlatilmagan toʻliq oylar pulini qaytaramiz: ishlatilgan oylar oddiy oylik narxda hisoblanadi.

Qanday toʻlanadi

  1. Dasturdagi «Obuna» sahifasini ochasiz: summa va karta raqami shu yerda.
  2. Pulni bank ilovangiz orqali shu kartaga oʻtkazasiz.
  3. «Toʻladim» tugmasini bosib, toʻlov haqida xabar berasiz.
  4. Pul kelganini tekshirib, tasdiqlaymiz. Telegram ulangan boʻlsa, eslatma va kvitansiya u yerga ham keladi.

«Obuna» sahifasini faqat doʻkon egasi koʻradi.

Toʻxtatsangiz

  • Majburiy muddat va jarima yoʻq: keyingi oyga toʻlamaysiz, xolos.
  • Sotuvlar va tovarlarni faylga yuklab olib ketasiz.
  • Toʻlov kechiksa, avval eslatamiz. Uzoq kechiksa, dastur toʻxtatilishi mumkin, lekin maʼlumotlaringiz oʻchmaydi: toʻlangach, hammasi darhol qaytadi.

Narx haqida savollar

Qancha turadi? Yashirin toʻlov bormi?

Uchta tarif bor: Start oyiga 99 000 soʻm, Biznes 199 000 soʻm, Pro 399 000 soʻm. Birinchi oy bepul, karta soʻralmaydi. Har bir qoʻshimcha doʻkon oyiga 99 000 soʻm. Qurilma, sotuv yoki chek uchun alohida toʻlov yoʻq; uskunani bizdan sotib olsangiz, faqat uning narxi alohida.

Qaysi tarif menga mos?

Tovarlaringiz 500 tadan kam boʻlsa, siz bilan birga 3 kishigacha ishlasangiz va dollar narx, ulgurji savdo yoki narx nazorati kerak boʻlmasa, Start yetadi. Sotuvchilar, yetkazib beruvchilar yoki dollarda keladigan tovar boʻlsa, Biznes. Tovar juda koʻp boʻlsa yoki tovarlarni kiritish, xodimlarni oʻrgatish va doʻkonga chiqishni bizga topshirmoqchi boʻlsangiz, Pro. Ikkilansangiz, sinov oyidan keyin birga tanlaymiz.

Tovarlarim 500 tadan oshsa yoki yangi sotuvchi olsam-chi?

Sotuv toʻxtamaydi. Sizga yozamiz va keyingi oydan Biznes tarifiga oʻtasiz. Arxivdagi tovarlar va oʻchirilgan xodimlar hisoblanmaydi; har bir oʻlcham va rang alohida tovar hisoblanadi.

Tarifni keyin oʻzgartirsa boʻladimi?

Ha. Yuqoriroq tarifga istalgan kuni oʻtasiz, yangi narx keyingi toʻlovdan boshlanadi. Pastroq tarifga keyingi oydan oʻtasiz: ortiqcha imkoniyatlar oʻchiriladi, maʼlumotlaringiz esa saqlanadi. Telegramda yozing, «Obuna» sahifasidagi summani oʻzimiz oʻzgartiramiz.

Ikkinchi doʻkonim bor. Qancha turadi va nima beriladi?

Har bir qoʻshimcha doʻkon oyiga 99 000 soʻm, istalgan tarifda. U oʻz manzili, tovarlari, qoldigʻi, sotuvchilari va hisobotlari bilan alohida ishlaydi, siz ikkalasiga ham egasi sifatida kirasiz. Tovarlar roʻyxatini birinchi doʻkondan koʻchirib beramiz. Doʻkonlar orasida tovar koʻchirish va umumiy hisobot hozircha yoʻq.

Bir oydan keyin nima boʻladi? Ketmoqchi boʻlsam-chi?

Sinov oyi tugashidan oldin eslatamiz va tarifni birga tanlaymiz. Davom etsangiz, tanlagan tarifingiz boʻyicha har oy oldindan toʻlaysiz. Davom etmasangiz, toʻlamaysiz, xolos: majburiy muddat va jarima yoʻq, sotuvlar va tovarlarni faylga yuklab olasiz.

Qanday toʻlayman? Oldindan toʻlasam chegirma bormi?

Dasturdagi «Obuna» sahifasida koʻrsatilgan kartaga pul oʻtkazasiz va «Toʻladim» tugmasini bosasiz, biz tekshirib tasdiqlaymiz. 6 oyga oldindan toʻlasangiz bir oyi, 12 oyga toʻlasangiz ikki oyi bepul.

Toʻlov kechiksa, maʼlumotlarim oʻchadimi?

Yoʻq. Avval eslatma chiqadi. Toʻlov uzoq kechiksa, dastur toʻxtatilishi mumkin, lekin maʼlumotlaringiz oʻchmaydi: qarz toʻlanib, tasdiqlangach, hammasi darhol qaytadi.

Shartlar

  • Narxlar soʻmda, bir oy uchun; har oy oldindan toʻlanadi.
  • Narxlar 2026-yil 1-dekabrdan amal qiladi.
  • Tovarlar soni faol tovarlar boʻyicha hisoblanadi: arxivdagilar kirmaydi, har bir oʻlcham va rang alohida tovar.
  • Xodimlar soniga egasi ham kiradi; oʻchirilgan xodim hisoblanmaydi.
  • Cheklovdan oshsangiz, sotuv toʻxtamaydi: sizga yozamiz va keyingi oydan mos tarifga oʻtasiz.
  • Sinov oyida Biznes tarifidagi hamma imkoniyat ochiq. Pro xizmatlari Pro tanlangan kundan boshlanadi.
  • Qoʻshimcha doʻkon ochilgan kunidan hisoblanadi. Doʻkonlar 5 tadan koʻp boʻlsa, shartlarni alohida kelishamiz.
  • Doʻkonga chiqish vaqtini qoʻngʻiroqda kelishamiz; uzoq boʻlsa, video qoʻngʻiroqda sozlaymiz.
  • Uskunalar tarifga kirmaydi.
  • Merka fiskal kassa emas: soliq QR kodli chek bermaydi. Batafsil: Savollar.

Boshlash

Kassani doʻkoningizga ulab beramiz

Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.

1 oy bepul, karta soʻralmaydi.

Kassangiz shunday boʻladi

Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online

Qanday bogʻlanaylik?
Qanday doʻkon? (ixtiyoriy)

Raqamingizni faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatamiz. Maxfiylik siyosati

Kassani doʻkoningizga ulab beramiz

Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz. 1 oy bepul, karta soʻralmaydi.

Qanday bogʻlanaylik?
Qanday doʻkon? (ixtiyoriy)

Raqamingizni faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatamiz. Maxfiylik siyosati

Bepul boshlash