Yetkazib beruvchilar
Chegirmalar, qarzlar va toʻlovlar.
Ombor
Dona, kilogramm, litr yoki metr; quti, qop va pachka oʻz shtrix kodi va narxi bilan. Kirim, qoldiq, inventarizatsiya va narx yorliqlari bir joyda.
Mahsulotlar sahifasi: har tovarning boʻlimi, sotuv va ulgurji narxi, tannarxi va qoldigʻi; tepada «Kam qolgan», «Tugagan» va «Zararli narx» tugmalari.
Oʻlchov va qadoq
Sementni qoplab olasiz, kilolab sotasiz. Qoldiq va narx tovarning oʻz birligida yuradi, qop esa oʻz kodi va narxi bilan.
Dona, kg, gramm, litr, ml yoki metr. Kerak boʻlsa, oʻzingiz qoʻshasiz: m², juft, rulon.
Har bir qadoqning oʻz shtrix kodi va narxi boʻlishi mumkin. Kassada qopni skanerlasangiz, 50 kg savatga tushadi.
Tovar sotilgan yoki kirim qilingandan keyin uning birligini oʻzgartirib boʻlmaydi: qoldiq chalkashmaydi.
Kirim
Yetkazib beruvchini tanlaysiz, tovarni skanerlaysiz, qutida yoki donada sanaysiz. Qabul qilsangiz, qoldiq koʻpayadi va tannarx oʻzi yangilanadi.
Kirim qabul qilinganda tovarning tannarxi yangi narx bilan oʻzi yangilanadi.
Kirimni kassir ham qila oladi: tovarni sanaydi va qabul qiladi, tannarxni koʻrmaydi.
Prays dollarda boʻlsa, kirim ham dollarda: soʻmga oʻsha kungi kurs bilan oʻtadi.
Kiyim seriyalab kelsa, «+1 seriya» bilan oʻlcham va ranglar jadvalga bir bosishda tushadi.
Qoldiq
Omborda nima qancha turgani, qancha pulga turgani va nima tugayotgani bir sahifada.
Ombordagi tovar qancha turishini tannarxda ham, sotuv narxida ham koʻrasiz.
Har tovarga eng kam qoldiq qoʻyasiz: undan kam qolsa, «Kam qolgan» roʻyxatiga tushadi.
Butun doʻkonni yoki bitta boʻlimni sanaysiz: dasturdagi bilan farq oʻzi chiqadi.
Singan yoki yoʻqolgan tovarni sababi bilan chiqarasiz. Kim va qachon qilgani yoziladi.
Qachon kelgan, kim sotgan, kim tuzatgan: har bir harakat tovar sahifasida.
Qoldigʻi yoʻq tovarni kassa sotmaydi. Xohlasangiz, Sozlamalarda ruxsat berasiz.
Yorliqlar
Tovarda shtrix kod boʻlmasa, «Yaratish» bilan doʻkon kodini berasiz va yorliq printerida 40×30 narx yorligʻini chiqarasiz.
«Yaratish» tugmasi tovarga doʻkonning oʻz shtrix kodini beradi. Bitta kod faqat bitta tovarda boʻladi.
40×30 mm, 58×40, 58×30, 30×20 yoki A4 varaqda 24 ta: yorliq printeringizga qarab tanlaysiz.
Bitta tovarga, tanlangan tovarlarga yoki butun kirimga bir bosishda yorliq chiqarasiz.
Tarozi chiqargan shtrix kodli yorliqni kassa oʻqiydi: vazni va narxi savatga oʻzi tushadi.
Import
Roʻyxatingiz Excelʼda boʻlsa, uni CSV qilib saqlaysiz va bir bosishda yuklaysiz. Shtrix kodi bor tovarlar yangilanadi, yangilari qoʻshiladi.
Excel yoki boshqa dasturdan CSV qilib saqlangan roʻyxat yuklanadi, ruscha Excelʼdan saqlangani ham.
Excel roʻyxatingizni yuklab beramiz.
Mahsulotlar roʻyxatini istalgan vaqtda CSV faylga yuklab olasiz.
Roʻyxatingiz Excel yoki CSV faylda boʻlsa, yuboring. Excel roʻyxatingizni yuklab beramiz. Tovarlar boshqa dasturda, nakladnoyda yoki rasmda boʻlsa, Pro tarifida ularni qadoq va shtrix kodlari bilan oʻzimiz kiritamiz. Doʻkonning oʻzi ham CSV faylni yuklay oladi; shtrix kodi yoʻq tovarga doʻkon kodi va yorliq chiqariladi.
Mahsulotlar roʻyxati CSV faylda yuklanadi va yuklab olinadi, ruscha Excel CSV ham boʻladi. A4 «Tovar cheki» 1C dagi kabi chiqadi: summa soʻz bilan va imzolar bilan. 1C bilan avtomatik almashuv yoʻq.
Mahsulot sahifasida «Yaratish»ni bosasiz: tovarga doʻkon kodi beriladi. Keyin yorliq printerida 40×30 yorliq chiqarib yopishtirasiz va kassada skanerlaysiz.
Yoʻq: qoldigʻi yoʻq tovarni kassa sotmaydi. Tovar kelib, kirim qilinmagan boʻlsa-yu, sotish kerak boʻlsa, Sozlamalarda qoldiqsiz sotishga ruxsat berasiz.
Boshlash
Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.
1 oy bepul, karta soʻralmaydi.
Kassangiz shunday boʻladi
Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online