Ombor
Har tovar oʻz oʻlchovida: kirim, qoldiq, yorliqlar.
Yetkazib beruvchilar
Har bir yetkazib beruvchiga qancha qarzingiz borligi, qaysi kirim toʻlanmagani va chegirma tannarxga qanday tushgani koʻrinib turadi.
Yetkazib beruvchi sahifasi: Elektr savdo markazi, qarzimiz 5 744 150 soʻm, oy davomida xarid va toʻlovlar; hisob-kitob va har kirim holati bilan.
Chegirmalar
Yetkazib beruvchi 5 % yoki 10 % chegirma beradi. Kirimda u har qatordan oʻzi ayriladi va tovarning tannarxi chegirmadan keyingi narx bilan yoziladi.
Har yetkazib beruvchiga oʻz chegirmasini yozasiz («Asosiy 5 %»): kirimda u oʻzi qoʻllanadi.
Bir yetkazib beruvchining tovarlari turli chegirmada kelsa, «Mega 10 %» kabi guruh ochib, tovarlarni unga qoʻshasiz.
Bitta kirimda har qatorning chegirmasini alohida oʻzgartirish mumkin.
Chegirma bilan kiritilgan tannarxdan chegirma qayta ayrilmaydi. Chegirma oʻzgarsa, dastur tannarxlar ham oʻzgarsinmi deb soʻraydi.
Hisob
Qabul qilingan har kirim yetkazib beruvchiga qarz boʻlib yoziladi, toʻlov uni kamaytiradi. Har kirimda toʻlangan, qisman yoki qarz turadi.
Qarz valyutasi bilan yuradi: soʻm kirim soʻm qarz, dollar kirim dollar qarz. Dollar qarzni kurs bilan soʻmda toʻlash ham mumkin.
Toʻlov koʻrsatilgan kirimni yopadi, keyin eng eski qarzlarni. Har kirim «toʻlangan», «qisman» yoki «qarz».
Tovarni qabul qilayotganda toʻlagan pulingizni oʻsha yerda yozasiz: qolgani qarz boʻladi.
Hozirgi qarzni izoh bilan «Tuzatish» qilib kiritasiz: shundan keyin hisob dasturda yuradi.
Bugun, hafta, oy yoki yil: qancha xarid qilingan, qancha toʻlangan va nechta kirim boʻlgan.
Dollar kirim
Prays dollarda kelsa, kirimni dollarda kiritasiz. Tannarx tovar qabul qilingan kungi kurs bilan soʻmga oʻtadi, qarz esa dollarda qoladi.
Kurs ertaga oʻzgarsa ham, bugungi kirimning tannarxi oʻz kursida qoladi.
Dollarda kelgan tovarning oʻrtacha tannarxi sentlarda hisoblanadi: kurs oʻzgarsa, soʻmdagisi ham yangilanadi.
Dollar kirim yetkazib beruvchiga dollar qarz boʻlib yoziladi va soʻm qarz bilan aralashmaydi.
Toʻlovni yozasiz: u avval siz koʻrsatgan kirimni, keyin eng eski qarzlarni yopadi. Har kirimda qancha toʻlangani va qancha qolgani koʻrinadi.
Yoʻq. Chegirma bilan kelgan tannarxdan chegirma qayta ayrilmaydi. Chegirmani oʻzgartirsangiz, dastur tannarxlar ham oʻzgarsinmi yoki faqat keyingi kirimlarmi deb soʻraydi.
Ha. Toʻlovda kursni yozasiz va dollar qarz shu kurs bilan kamayadi.
Boshlash
Raqamingizni qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, doʻkoningiz, tovarlaringiz va kassa jihozlaringiz haqida soʻraymiz.
1 oy bepul, karta soʻralmaydi.
Kassangiz shunday boʻladi
Manzil shunday boʻlishi mumkin: dokoningiz-nomi.kassapos.online